Zelenskiy uchun o‘zini diplomatdek tutishni o‘rganish vaqti keldi – Lukashenko

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 22 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zini diplomatik tutishni o‘rganishi kerakligini aytdi. Bu haqda Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv paytida fikr bildirdi.

“Vladimir Vladimirovich, menimcha Zelenskiy boshqa narsalar qatori o‘zini diplomatik tutishni o‘rganishi kerak. Bu Donbassga tegishli”, deydi u.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko va  Rossiya Prezidenti Vladimir Putin

Belarus rahbari, shuningdek, Donbass masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Donbass haqida gap ketadigan bo‘lsa, unda Ukraina hukumati birinchi navbatda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari vakillari bilan uchrashuvdan boshlashi kerak”, deydi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, 20 aprel kuni Aleksandr Lukashenko Ukraina Oliy Radasi deputati Yevgeniy Shevchenko bilan uchrashuvda Minsk Kiyev bilan yomon munosabatda bo‘lishni istamasligini ma’lum qilgandi.

Foto: Ukraina Oliy Radasi deputati Yevgeniy Shevchenko va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko

Ma’lumot o‘rnida, Ukrainada sodir bo‘lgan 2014 yilgi Maydon voqealaridan keyin mamlakat sharqidagi Donetsk va Lugansk viloyatlari o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qildi. Shundan so‘ng o‘sha yilning aprelidayoq Ukraina tomoni bu ikki respublikaga qarshi harbiy operatsiyalarni boshladi. 

BMTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mojaro avj olgan Donbass mintaqasidagi harbiy harakatlar oqibatida qariyb 13 ming kishi qurbon bo‘ldi.

Donbassdagi vaziyatni hal qilish masalasi 2014 yil sentyabr oyidan boshlab Minsk guruhida ham muhokama qilinmoqda. Ushbu guruh doirasida mojaroni har qilishga qaratilgan qadamlarni tartibga soluvchi uchta hujjat qabul qilingan. Shunga qaramasdan Ukraina bilan Donetsk va Lugansk o‘rtasidagi harbiy aloqa chizig‘ida hali ham otishmalar davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing