Zelenskiy Rossiyaning ishtirokida davlat to‘ntarishi uyushtirilishidan xabar topganini aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainada 1 dekabr kuniga rejalashtirilgan davlat to‘ntarishi haqida ma’lumot olganini aytdi. Bu haqda Zelenskiy matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya va Ukraina vakillarining go‘yoki davlat to‘ntarishi rejasini muhokama qilayotgani yozib olingan audioni eshitib shunday fikrga kelgan.

Ukraina Prezidentining ta’kidlashicha, unga biznesmen Rinat Axmetovning bo‘lajak davlat to‘ntarishiga aloqadorligi va buning uchun milliardlab dollar ajratilgani haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan birga, davlat rahbari shaxsan davlat to‘ntarishi reja qilinganiga va bunga tadbirkorning aloqasi borligiga ishonmasligini ta’kidlagan.

Zelenskiyning fikricha, Axmetovning atrofidagilar tadbirkorni Prezident va davlat bilan urushga tortmoqda.

Shuningdek, Ukraina Prezidenti matbuot anjumani chog‘ida mamlakat oligarxlar bilan katta urush boshida turganini, “ularning chodirlari hamma joyda” ekanini aytgan. Ammo, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hukumat yirik biznesga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi.

O‘z navbatida, Rossiya tomoni Ukraina Prezidentning so‘zlariga e’tibor qaratib, munosabat bildirdi

RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya hech qachon bunday ishlar bilan shug‘ullanmaydi.

“Rossiyaning aralashish rejasi yo‘q edi. Rossiya hech qachon bunday ishlarni qilmaydi”, deydi Peskov Zelenskiyning Ukrainada Rossiya ishtirokida davlat to‘ntarishi rejalangani haqidagi so‘zlarini izohlar ekan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing