Zelenskiy Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi
Olam
−
29 yanvar 2021
4419Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy Xavfsizlik va Mudofaa Kengashining Rossiyaning yuridik va jismoniy shaxslariga qarshi shaxsiy sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritdi. Tegishli farmon davlat rahbarining veb-saytida e’lon qilindi.
Farmonga binoan, qarorning bajarilishini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i Aleksey Danilov zimmasiga yuklangan. Sanksiyalar ro‘yxatining asli taqdim etilmagan.
Zelenskiy Ukraina Vazirlar Mahkamasi, mamlakat Xavfsizlik xizmati va Milliy bankiga ushbu qarorda nazarda tutilgan sanksiyalarning bajarilishi va samaradorligini monitoring qilishni ta’minlashni topshirgan. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlarni sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida xabardor qilishi va ularning oldida shu kabi cheklov choralarini qo‘llash masalasini ko‘tarishi kerak bo‘ladi.
O‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida Ukrainaning Vaqtinchalik bosib olingan hududlarni qayta tiklash vazirligi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanayotgani haqida xabar berdi. Bu “Rossiya” bankining sho‘ba kompaniyasi “Yujniy proyekt” Qrimdagi “Massandra” vinochilik uyushmasining 100 foiz aksiyalariga egalik qilganidan keyin sodir bo‘ldi.
LiveBarchasi