Zelenskiy Putin bilan qanday shartlarda uchrashmoqchiligini aytdi
Olam
−
13 may 2022
13446Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Bu haqda uning o‘zi Italiyaning “Rai 1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Men Putin bilan gaplashishga tayyorman. Lekin faqat u bilan. Hech qanday vositachilarsiz. Ultimatum shartlari bo‘yicha emas, balki muloqot shartlari bo‘yicha”, deydi Zelenskiy.
Shuningdek, Ukraina yetakchisi Rossiya Prezidenti bilan muzokaralar masalasi kundan-kunga murakkablashib borayotganini, Ukraina jamoatchiligi bu mavzuga salbiy munosabatda bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Unga ko‘ra, Rossiya Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi, xalqi, tili va an’analarini hurmat qilishi kerak.
Ma’lumot uchun, Zelenskiy Putin bilan shaxsan gaplashishga tayyorligini bir necha bor ta’kidlagan. Mart oyi o‘rtalarida u Kiyev Moskva bilan kelishuv bo‘yicha muzokaralar chog‘ida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishga intilayotganini e’lon qildi.
Mart va aprel oyi boshida Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Zelenskiy o‘rtasida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazish uchun delegatsiyalar birgalikdagi aniq hujjat ishlab chiqish zarurligini aytgan edi.
Delegatsiyalar tarkibida Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar yuzma-yuz ham, videoaloqa orqali ham bo‘lib o‘tdi, biroq tomonlar kelishuv shartlariga haligacha yagona yondashuvni ishlab chiqa olmadi. Eng katta muvaffaqiyatga Rossiya va Ukraina vakillarining 29 mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishildi. O‘shanda Kiyev Moskvaga Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini bo‘yicha yozma takliflarni topshirdi. Moskva, o‘z navbatida, Kiyev va Chernigov yaqinidagi harbiy faollikni kamaytirishga va’da berdi.
Biroq, Bucha materiallari nashr etilgandan so‘ng, muzokaralar deyarli to‘xtab qoldi. Bu voqealardan keyin Moskva Ukraina tomoni muzokaralar bo‘yicha yangi yozma taklif bilan chiqqanini e’lon qildi.
LiveBarchasi