Zelenskiy komiks qahramoniga aylandi

Olam

image

Amerikaning “TidalWave Productions” komikslar nashriyoti studiyasi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy haqida ingliz tilida komiks chiqarilishini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“TidalWave Productions” mashhur siyosiy komikslar turkumiga Vladimir Zelenskiyning tarjimai holi qo‘shilganini g‘urur bilan e’lon qiladi... “Political Power: Volodymyr Zelensky” (Siyosiy hokimiyat: Vladimir Zelenskiy) 18 maydan boshlanadi”, deyiladi studiya saytida.

Qayd etilishicha, komiks savdosidan tushgan mablag‘ning bir qismi Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga o‘tkaziladi.

22 sahifali komiks ham bosma, ham elektron formatda taqdim etilishi kutilmoqda.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing