Zelenskiy xalqini ogohlantirdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Yaqinlashib kelayotgan qish mavsumi gaz narxining yuqoriligi sababli Ukraina tarixidagi eng qiyin mavsum bo‘ladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrainaliklarga qilgan murojaatida aytib o‘tgan.

“Ukraina energetika masalalarida hamkorlari bilan yaqindan ishlamoqda. Ukraina hukumati, davlat kompaniyalari joriy qish mavsumidan o‘tishga tayyor bo‘lishimiz uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilmoqda, biroq ushbu qish haqiqatan ham tariximizdagi eng qiyin mavsum bo‘ladi”, deydi davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya gazi shantaji” tufayli Yevropada gaz narxi ming kub metr uchun 3300 dollardan oshib ketgan.

“Rossiyaning Yevropaga qarshi siyosati haqiqatan ham halokatli, ammo strategik nuqtai nazardan Rossiya uchun foydali. Yevropa energetika bozorida Rossiyadek boshqa o‘yinchi bo‘lmaydi”, deydi Zelenskiy.

Ukraina rahbari "joriy qish mavsumida qiyinchiliklarga chidashga va hamkorlar bilan birgalikda barcha zarur sa’y-harakatlarni qilishga" chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

845

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing