Zelenskiy Kanada bosh vaziri bilan nimani muhokama qilganini aytdi
Olam
−
04 yanvar 2023
4275Vladimir Zelenskiy Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalasini muhokama qilganini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram'dagi sahifasida yozdi.
"Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan mazmunli suhbat o‘tkazdik. Biz tahdidlar va frontdagi vaziyat kuchayish xavfi oldida Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni muhokama qildik. Men Kanada davlatimizni kuchli qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdim. Tinchlik formulasini amalga oshirish bo‘yicha qadamlar haqida kelishib oldik", deb yozdi Zelenskiy.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ukraina rasmiylari fevral oyi oxirigacha BMT maydonida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan vositachi sifatida “tinchlik sammiti” o‘tkazishni istashini aytgandi. Guterrish idorasi u faqat barcha tomonlar, jumladan, Rossiya roziligi bilan vositachilik qilishga tayyorligini bildirgan. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, hozircha Ukrainaning "tinchlik rejasi" mavjud emas va Rossiya Federatsiyasi hududi hamda uning yangi hududlari bilan bugungi voqelikni hisobga olmaydigan "tinch" reja bo‘lishi mumkin emas.
3 yanvar, seshanba kuni Gollandiya bosh vaziri Mark Ryutte uning mamlakati “Ukrainaga urushda g‘alaba qozonishi” uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini aytdi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak 3 yanvar, seshanba kuni Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda London uzoq muddatda Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 4 yanvar kuni rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan alohida-alohida telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berilgandi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi