Zelenskiy Qrimni qaytarish va NATOga a’zo bo‘lish strategiyasini ma’qulladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining (MXXK) mamlakatning harbiy xavfsizlik strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritdi. Bu haqda davlat rahbari Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunday hujjat birinchi marta Ukrainada tayyorlangan. 

“Strategiya mudofaani rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjat bo‘lib, uning maqsadi mudofaa sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash va harbiy, mudofaa va harbiy qurilish sohalarida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish yo‘llarini aniqlashdir”, deyiladi xabarda.

Ushbu strategiyani amalga oshirish, ta’kidlanishicha, Ukrainaning Yevroatlantik makonga qo‘shilishi va NATOga a’zo bo‘lishiga yordam beradi. Bundan tashqari, strategiya davlat siyosatining maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan “Rossiya tomonidan Ukraina hududining bir qismini vaqtincha bosib olish”ni tugatishni belgilaydi.

Shuningdek, strategiya Ukrainaning xalqaro tinchlik va xavfsizlik operatsiyalarida faol ishtirok etishini nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing