Zelenskiy Germaniya Prezidentini Kiyevda qabul qilishdan bosh tortdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya rahbari Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashishdan bosh tortdi. Bu haqda “Bild” nashri xabar bergan. 

Qayd etilishicha, Shtaynmayer Litva, Latviya va Estoniyadagi hamkasblari bilan birga Kiyevga borishga tayyor bo‘lgan, biroq Ukraina uning  Rossiya bilan yaqin munosabatlari tufayli tashrifini istamagan.

“Bir necha kun oldin Polsha Prezidenti Anjey Duda Yevropa Ukraina bilan birga ekanini bildirish uchun Kiyevga Estoniya, Latviya va Litva Prezidentlari bilan borishni taklif qildi. Men bunga tayyor edim, lekin men Kiyevda buni istashmayotganini qabul qilishim kerak”, degan Shtaynmayer Varshavadagi brifingda. 

Avvalroq, Germaniya rahbari Rossiyaning "Shimoliy oqim-2" loyihasini qo‘llab chiqqandi. Bu Prezidentning Ukrainadagi mojarolar fonida Rossiya bilan yaqinlashishga birinchi urinishi edi.

Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnikning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Germaniya Prezidenti bilan munosabatlari nima bo‘lishidan qat’iy nazar, mustahkam, hattoki muqaddas bo‘lib qolaveradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

672

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing