Zelenskiy G20 sammitiga borishi shartini aytdi

Olam

image

Noyabr oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin borsa, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy unda ishtirok etmaydi.

Kiyevdagi brifingda Zelenskiy jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, G20 ning boshqa a’zolari ishtirokini kuzatmasligini aytdi.

“Mening va Ukrainaning shaxsiy pozitsiyasi shundan iborat ediki, agar Rossiya Federatsiyasi rahbari ishtirok etsa, Ukraina qatnashmaydi”, dedi Zelenskiy.

Shu bilan birga, Prezident Zelenskiy Ukraina bo‘lajak sammitga tayyorgarlik ko‘rayotganini qo‘shimcha qildi.

U bugun Indoneziya Prezidenti bilan sammitga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilganini ham eslatdi.

“Har qanday holatda ham bugun bizni yana taklif qilishdi. Ko‘ramiz, sanoqli kunlar qoldi”, deydi Zelenskiy.

Navbatdagi G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadi. Taklif etilgan davlatlar orasida, xususan, Ukraina ham bor. Sammit kun tartibida tinchlik, salomatlik, raqamli transformatsiya va barqaror energiyaga o‘tish kabi masalalar bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

499

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing