Zelenskiy Britaniya hukumati yig‘ilishida ishtirok etdi
Olam
−
19 iyul
3787Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy so‘nggi 27 yil ichida Britaniya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ishtirok etgan birinchi xorijiy davlat yetakchisi bo‘ldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Aytilishicha, Zelenskiy hozirda o‘z hukumatining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazayotgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer qarorgohida. Bunday voqea oxirgi marta 1997 yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda AQSH Prezidenti Bill Klinton Britaniya vazirlari bilan birga rezidensiyadagi oval stolda o‘tirgan. Bu Leyboristlar partiyasi hukumati davrida, Toni Bler hokimiyatda bo‘lgan birinchi yilida sodir bo‘lgan.
Uchrashuvdan oldin Zelenskiy Starmer va Mudofaa vaziri Jon Xili bilan uchrashdi. Britaniya Bosh vaziri bu uchrashuvni Londonning Ukraina kurashini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlovchi “maxsus lahza” deb atadi. Zelenskiy Britaniya Bosh vazirini G‘arb davlatlarini Rossiya Federatsiyasining chuqur hududiga zarbalar berish uchun uzoq masofali qurollardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga ishontirishga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, Zelenskiyning Buyuk Britaniyaga avvalgi tashrifi 2023 yilning fevralida bo‘lib o‘tgan edi.