Zelenskiy Belarus televideniyesida masxara qilindi
Olam
−
04 aprel 2021 10822 1 daqiqa
Belarusning STV davlat telekanali jurnalisti Yuliya Artyux Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni masxara qildi, u Prezident to‘g‘risidagi fikrlarni “Yangiliklar 24” dasturida aytib o‘tgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Jurnalistning ta’kidlashicha, Ukraina xalqi “oziq-ovqat izlash uchun axlat qutilarida yuribdi”, Zelenskiy esa “hashamatli kabinada o‘tiradi”. Artyuxning so‘zlariga ko‘ra, bu – “Ukraina rahbarining asosiy vazifalaridan biri”.
Avvalroq Ukrainaning birinchi prezidenti, Kiyevning Donbassdagi aloqa guruhidagi vakili Leonid Kravchuk Belarus Rossiyaning “laganbardori” ekanini aytgandi.
Bunga javoban Belarus parlamenti deputati Oleg Gaydukevich ukrain siyosatchilaridan Minskni qaram siyosatda ayblashni eshitish kulgili ekanini ta’kidlagan, chunki uningcha, Kiyev qarorlari AQSH va Yevropa Ittifoqi ta’sirida.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr