Zelenskiy Bayden bilan uchrashish uchun AQSHga borayotganini tasdiqladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH yetakchisi Jo Bayden bilan muzokara o‘tkazish uchun AQSHga yo‘l oldi. Bu haqda bugun, 20 dekabr kuni Ukraina Prezidenti Twitter’da yozdi. 

“Ukrainaning chidamliligi va mudofaasini kuchaytirish maqsadida AQSHga yo‘l oldim. Biz AQSH Prezidenti bilan hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilamiz”, deb yozgan Zelenskiy. 

Avvalroq, CNN telekanali Vladimir Zelenskiy AQSHga yo‘lga chiqqani, u Bayden bilan muzokara o‘tkazishi haqida xabar bergan edi. Biroq ushbu xabar rasmiy Kiyev va Vashington tomonidan tasdiqlanmagandi. 

Vladimir Zelenskiy tashrif davomida AQSH Kongressida nutq so‘zlashi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, bu Ukraina rahbarining Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri birinchi xorijiy tashrifidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing