Zelenskiy AQSHdan zamonaviy tank, ZRM va aviatsiya texnikalari so‘radi

Olam

image

Prezident Vladimir Zelenskiy AQSHdan Ukrainaga Patriot zenit-raketa majmualari, Abrams tanklari va samolyotlarini berishni so‘ramoqda. Bu haqda u Yel universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchun havo va raketalarga qarshi mudofaa masalalari eng dolzarb hisoblanadi, chunki 10 oktyabrdan beri Rossiya Ukrainaga qarshi Eronda ishlab chiqarilgan 400 ta kamikadze dronlarni, 24 fevraldan beri esa minglab rus raketalarini uchirdi.

“Ular, birinchi navbatda, xalqimizni xorijdan vataniga qaytmaslikka majbur qilmoqda. Biz uchun esa oilalarning qaytishi, bolalarning qaytishi, bolalarning maktabga, universitetlarga borishi juda muhim. Va bu juda muhim. Buning uchun biz ularni himoya qilishimiz kerak. Va havo hujumidan mudofaa ustuvor vazifadir”, deydi u.

Prezident AQSH senatorlarining Ukrainaga Amerikaning Patriot zenit-raketa majmualari kerakmi degan savoliga ham javob berdi.

“Ochig‘ini aytaman, agar siz bizga Patriot’larni berganingizda, men ularni olish uchun o‘zim borgan bo‘lardim. Biz uchun bu ustuvor vazifa. Va rostini aytsam, har qanday havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa tizimlar juda muhim. Ular xalqimiz hayotini saqlab qoladi”, deydi Zelenskiy.

Shu bilan birga, Prezident Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga xalqaro hamjamiyat tomonidan yordam ko‘rsatish tendensiyalarini belgilab beruvchi yetakchi ekanligini qo‘shimcha qildi.

“Bizda 155 millimetrli artilleriya yo‘q edi, Amerika Qo‘shma Shtatlari berdi, shundan keyin Yevropa davlatlari bizni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Shundan so‘ng, yapi reaktiv hujum tizimlari muammosi tug‘ildi. Qo‘shma Shtatlar bu imkoniyat oynasini ochdi va ba’zi Yevropa davlatlari uni qo‘llab-quvvatladi. Keyin – tanklar masalasi. Afsuski, AQSH bizga tank bermadi. Biz Abrams’larnini olishni juda xohlardik. Va agar shunday imkoniyat bo‘lsa, biz aynan qaysi yevropaliklar bizga zirhli transport vositalari va boshqa tanklarni qo‘shishi mumkinligini bilamiz. Biz sizga shu masalada murojaat qilamiz”, deydi Zelenskiy.

Prezident, shuningdek, urushning birinchi kunlaridanoq Ukraina osmonini yopishni so‘raganini eslatdi.

“Va bu havo mudofaasi, raketaga qarshi mudofaa va aviatsiya. Bizga aynan shu etishmayapti. Osmonimizni himoya qilishga yordam bering”, deya xulosa qilgan Zelenskiy.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing