Zelenskiy harbiy qo‘mondonni ishdan bo‘shatdi
Olam
−
27 fevral 2023
12795Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 26 fevral kuni mamlakat sharqida rus qo‘shinlariga qarshi kurash olib borayotgan yuqori martabali harbiy qo‘mondonni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Zelenskiy farmonida Eduard Moskalyovni Donbass hududidagi janglarda qatnashayotgan Ukraina qo‘shma kuchlarining qo‘mondoni lavozimidan ozod etilganini e’lon qilingan. Ammo buning uchun hech qanday sabab keltirilmagan.
Aytish joizki, Eduard Moskalyov bu lavozimga 2022 yilning martida, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan ko‘p o‘tmay tayinlangan edi. So‘nggi haftalarda esa Zelenskiy u qo‘mondonlik qilayotgan sharqiy frontdagi harbiy vaziyatni og‘riqli deb ta’riflagandi.
Ukraina va G‘arb rasmiylarining aytishicha, Moskva tarafdorlari o‘z sa’y-harakatlarini Baxmut shahriga qaratgan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabining Facebook’dagi sahifasida ham rus qo‘shinlari Baxmut hududida kecha, 26 fevral kuni bir nechta muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirgani ma’lum qilingan.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi