O‘zbekistonda qish qanday boshlanishi ochiqlandi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi qish faslining birinchi kunlari qanday ob-havo kutilishi haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi. 

1-4 dekabrga ob-havo prognozi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 4 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, Ustyurtda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2 dekabr kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5°iliq, 3-4 dekabr kechasi 2-7°sovuq, kunduzi 0-5° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5°sovuq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 1 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 2-4 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 2-4 dekabr kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 2 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 3-4 dekabrda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 3-8°iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 1 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 2-4 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 0-5°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2 dekabrda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 0-5°iliq, 3-4 dekabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 1-2 dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 1 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 3-4 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 3-8° sovuq,  kunduzi 0-5° sovuq, 2-4 dekabrda kechasi 7-12°sovuq, kunduzi 2-7°sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1355

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing