“O‘zbekiston qurilish haftaligi” yubiley ko‘rgazmasi ochildi
Jamiyat
−
27 fevral 2019
4266Bugun, 27 fevral kuni “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida Iteca Exhibitions Xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasining “O‘zbekiston qurilish haftaligi” nomli “Qurilish – UzBuild” va “Isitish. Havoni tozalash. Suv ta’minoti - Aquatherm Tashkent” Xalqaro ko‘rgazmalari ochildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar 16000 kv metr maydonda 26 mamlakatning 350 nafar eksponentlari takliflari bilan tanishishlari mumkin.
Mamlakatning bosh qurilish ko‘rgazmasi– UzBuild, joriy yilda o‘zining 20 yilligini nishonlamoqda. Birinchi marotaba ko‘rgazma 2000 yilda “O‘zbekiston 21-asr bo‘sag‘asida” ko‘rgazma loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan edi.
Bu yil yubiley UzBuildning ishtirokchi kompaniyalari 22 mamlakatning 251 eksponentidan iborat, shu jumladan, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Xitoy, Qirg‘iziston,BAA, Polsha, Portugaliya, Rossiya, AQSH, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Shveysariya.
Ko‘rgazma “Qurilish va pardozlash materiallari” “Interer va dizayn”, “Derazalar, Eshiklar, Fasadlar”, “Asboblar va mahkamlash buyumlari”, “Keramika va pardozlash toshlari” “Ko‘chmas mulk”, “Uy qurilish”, “Yoritgichlarning arxitektura va bezakli dizayni”, “Elektrika”, “Landshaft va ko‘kalamzorlashtirish” yo‘nalishlarida takshil etilgan.
Qayd etish joizki, qurilish uskunalari va materiallarining turli xilini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko‘plab mahalliy ishlab chiqaruvchilarning birinchi marotaba ishtirok etishi O‘zbekistonda qurilish sanoatining juda ham keng suratda faollashuvidan dalolat bermoqda: Aluminium Systems, Bektimir Metall Konstrsiyalari, Binokor Temir-Beton Servis, Dal Heavy Indsutries, Dream City, Golden House, Imzo, Akfa, Jizzakh Stone Quality, Mironkul Stroy Servis, National Stone, Neolit, Penodekor Servis va boshqalar.
Eslatib o‘tamiz, UzBuild mamlakatdagi yagona qurilish ko‘rgazmasi hisoblanadi, uning ko‘lami, samarasi va mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri auditni o‘tkazgan ekspertlar tomonidan tan olindi va tadbir “UFI Approved Event” belgisi bilan taqdirlandi. Ushbu maqomni saqlab qolish uchun UzBuild yana bir bor UFI'ning xalqaro qoidalar bo‘yicha auditidan o‘tadi, uning natijalari yuqori amaliy obro‘ga ega bo‘lgan xalqaro ko‘rgazmalar ma’lumotnomasida nashr etiladi.
“O‘zekspomarkaz”da o‘tayotgan ko‘rgazma 1 martga qadar davom etadi.
LiveBarchasi