O‘zbekiston ikki muhim xalqaro shartnomaga qo‘shildi
Jamiyat
−
19 fevral 2019
2964Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ikki xalqaro shartnomaga qo‘shilishiga oid hujjatlarni imzoladi.
Bulardan biri “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi hujjat bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabr kuni qabul qilingan. Oliy Majlis Senati tomonidan 2018 yil 13 dekabr kuni ma’qullangan.
Hujjatda O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr) qo‘shilishi qayd etilgan.
Ikkinchisi esa “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi hajjat bo‘lib, u ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yilning 30 noyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2018 yilning 13 dekabr kuni ma’qullangan.
Hajjatda O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr) qo‘shilishi qayd etilgan.
LiveBarchasi