O‘zbekiston gaz va yengil avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2019 yilning yanvar oyida benzin ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31,8 foizga qisqardi. 2018 yilning yanvar oyida mamlakatda 105 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 71,6 ming tonnani tashkil qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvar oyida O‘zbekiston 5,24 mlrd kub metr tabiiy qazib chiqargan, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 2,9 foizga ko‘p.

Bundan tashqari, yanvar oyida yengil avtomobil ishlab chiqarish ham o‘tgan yilga nisbatan 38,8 foizga ko‘payib, 17466 donani (2018 yil yanvarda 12 585 dona) tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning yanvar oyida respublika korxonalari tomonidan 22,1 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 106,9 foizni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 5,3 foizga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat - 7,5 foizga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash - 4,2 foizga va suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish – 13,5 foizga o‘sishi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing