Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlandi

Jamiyat

−

image

Bekobod tumani hokimi bo‘lgan Zaynilobiddin Nizomiddinov egallab turgan lavozimidan ozod etilib Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Zaynilobiddin Shahobiddinovich Nizomiddinov O‘zbekistonda bir qator yuqori davlat lavozimlarida ishlagan va ishlab kelayotgan malakali rahbar hisoblanadi. U 1996–1998 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida Hududiy tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish boshqarmasida yetakchi va bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan.

1998–2005 yillarda esa Vazirlar Mahkamasida Axborot-tahlil boshqarmasida mutaxassis, shu’ba mudiri va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha yig‘ma axborot-tahlil departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2005–2015 yillarda O‘zbekiston Bosh vaziri kotibiyati mudiri bo‘lgan. O‘sha davrda Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir bo‘lib ishlagan. Nizomiddinov uning apparatida rahbarlik vazifasini bajargan.

2015–2016 yillarda Bosh vazir apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

2016–2018 yillarda Shavkat Mirziyoyev Prezident bo‘lganidan keyin Prezident devonida rahbarlik qilgan.

2018–2022 yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari bo‘lgan. Bu uning eng yuqori davlat lavozimi. 2018 yil avgustidan 2022 yil iyuligacha ushbu vazifani bajargan.

2022–2025 yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

2025-2026 – 2025 yil 7 aprelda xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi qarori bilan hokim etib tasdiqlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – Ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlangandi va shu munosabat bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing