Zaynilobiddin Nizomiddinov lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
17:31 7567 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokimi Zaynilobiddin Shahobiddinovich Nizomiddinov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018-2022 yillarda Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimida ishlagan. U 2022 yilda salomatligi tufayli lavozimidan ozod etilgan.
Shundan so‘ng, u O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2025 yilning aprel oyida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tayinlangan edi.
Live
Barchasi