Zayniddin Nizomxo‘jayev Senat raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 fevral kuni Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 5 fevraldagi “Zayniddin Nizomxo‘jayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Zayniddin Maxamatovich Nizomxo‘jayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etish to‘g‘risida Oliy Majlis Senatining qarori qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tarkibidan chiqarish to‘g‘risida ham tegishli qaror qabul qilingandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili etib tasdiqlangan Feruza Farxodovna Eshmatova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tarkibidan chiqarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing