Zarafshonda “Matiz” haydovchisi 8 yoshli qizni urib yubordi

3-sahifa

image

Kecha, 4 noyabr kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahrida “Matiz” haydovchisi 8 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Zarafshon shahri, “Yulduz” ko‘chasida haydovchi X.B. “Matiz” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Ushbu shaxs 2014 yilda tug‘ilgan M.M. ekani aniqlangan.

Yo‘l transport hodisasi oqibatida piyoda M.M.ga Zarafshon shahar shifoxonasida tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ketishiga ruxsat berilgan. Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing