Zarafshon shahri “sariq”dan “qizil”ga o‘tkazildi

Jamiyat

image

Bugungacha “sariq” toifada bo‘lib kelayotgan Zarafshon shahri “qizil” toifaga o‘tkazildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarorida aytilgan. 

Respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 9 va 11 may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida kornavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga kelgani, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi takliflarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq:

Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlari toifasiga o‘zgartirish kiritmagan holda “sariq” toifada bo‘lgan Zarafshon shahrini “qizil” toifadagi hududga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik holatdan kelib chiqib, “qizil” toifadagi hudud uchun muayyan faoliyat turlari yuzasidan belgilangan cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat (kamida 14 kun davomida) barqarorlashgunga qadar saqlanib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

327

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing