Zarafshon daryosining “Navoiyazot” yaqinidagi hududida ommaviy zaharlanish yuz berdi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2021
8806Navoiy viloyatidan o‘tgan Zarafshon daryosida baliqlar zaharlanish tufayli ommaviy nobud bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Zarafshon daryosining Karmana tumanidan oqib o‘tuvchi qismi suvining ranggi biroz o‘zgargan, baliqlar nobud bo‘lgan. Holat Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish davomida boshqarmaning Analitik laboratoriya mas’ul xodimlari, Karmana tumani Ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari, viloyat Veterinariya laboratoriyasi va “Navoiyazot” AJning Sanitar labarotoriyasi mutaxassislari hamkorligida daryoning 5 ta nuqtasidan tahlil namunalari olingan. Natijada “Navoiyazot” AJga qarashli (1-tashlama) 267-quduqdan azot ammoniy 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba belgilangan me’yorlardan yuqoriligi hamda daryoda ommaviy zaharlanish yuzaga kelgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha dastlabki o‘rganish-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi