Zaporoje AES portlasa, NATO urushga aralashishi aytildi

Olam

image

Rossiya Ukrainaning vaqtincha egallangan Zaporoje atom elektr stansiyasiga zarba bersa, NATO Ukraina mojarosiga bevosita aralashishi mumkin. Bu haqda Britaniya deputati, parlamentning mudofaa bo‘yicha maxsus qo‘mita rahbari Tobias Ellvud o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Keling, hozir aniqlab olaylik. Ukrainadagi yadro reaktoriga radiatsiya oqib chiqishiga olib keladigan har qanday qasddan shikast yetkazish NATOning 5-moddasini buzish hisoblanadi”, deydi u.

Ellvudning fikrlariga qo‘shilgan holda AQSH Vakillar palatasining Illinois shtatidan a’zosi Adam Kinzinger shunday deydi:

“Bu hatto muhokama qilinmaydi. Har qanday radiatsiya sizib chiqishi NATO mamlakatlaridagi odamlarni o‘ldiradi. Bu avtomatik ravishda beshinchi modda degani”.

Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasi ko‘ra, NATOga a’zo har qanday davlatga qurolli hujum butun alyansga qilingan hujumga tenglashtiriladi. Bunday vaziyatda blok davlatlari bir-biriga zudlik bilan yordam ko‘rsatishi kerak bo‘ladi, shu jumladan, harbiy kuch ishlatish  majburiyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya mart oyi boshida ZAESni egallab oldi, shundan keyin ukrainalik xodimlar stansiyada ishlashda davom etdi. 5 avgust kuni ukrain matbuoti ruslar ZAESga to‘rt marta o‘q uzgani haqida xabar berdi. So‘nggi kunlarda elektr stansiyasi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, bunda Rossiya va Ukraina bir-birini ayblamoqda. Rasmiy Moskvaga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalari tomonidan Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi yadroviy terrorizm akti va bu Chernobildan ham kattaroq falokatga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Zaporoje Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lib, u Ukrainadagi barcha elektr energiyasining chorak qismini ishlab chiqaradi. Qariyb 6 ming megavatt quvvatga ega ushbu inshoot oltita energiya blokidan iborat. Hozirda atom elektr stansiyasi to‘liq quvvatining 70 foizida ishlaydi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

512

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing