Zangiotadan Sergeliga qancha mahalla va uy o‘tkazilgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2021 3982 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi qator ijtimoiy ob’ektlar Toshkent shahrining Sergeli tumaniga o‘tkazildi. Bu haqda Kadastr agentligi ma’lum qildi.
Hozirgacha quyidagi ob’ektlar Zangiotadan Sergeli tumaniga o‘tkazildi:
- mahallalar – 13 ta;
- ko‘p qavatli turar joylar – 23 ta;
- ko‘p qavatli turar joylardagi honadonlar – 335 ta;
- yakka tartibdagi uy-joylar – 10 954 ta;
- noturar joylar – 535 ta;
- maktablar – 7 ta;
- maktabgacha ta’lim muassasalari – 5 ta;
- diniy muassasalar – 2 ta;
- qabristonlar – 4 ta;
- madaniyat markazlari – 1 ta;
- tibbiy muassasalar – 2 ta.
Zangiota tumanidan Sergeli tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Sergeli tumani etib belgilanadi.
Live
Barchasi