Zangiotada bog‘cha mudirasi 1 mlrdga yaqin mablag‘ni o‘zlashtirib yubordi

Jamiyat

image

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonunbuzilish holatlari yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi. Zangiota tumanining o‘zida bog‘cha mudirasi 1 millard so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Xabarga ko‘ra, Zangiota tumanida joylashgan 16-sonli Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda o‘zida qoldirishni talab qilib, tabellarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 983,5 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2,6,10,12-sonli MTTlar mansabdor shaxslari tomonidan o‘zlariga ishonib topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilingan.

Qayd etilishicha, ta’lim muassasalari rahbarlarining byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishi holatlari yuzasidan 11 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing