Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida qancha bemor davolanmoqda?

Jamiyat

image

Toshkent viloyatidagi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugungi kunda 700 nafardan ortiq bemor davolanmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmatiga Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov ma’lum qildi.

"Shifoxona 2000 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ayni paytda bu yerda koronavirusga gumon qilingan, PZR testda tasdiqlangan va pnevmoniyaga chalingan 737 nafar bemor davolanmoqda. So‘nggi 10 kun ichida muassasaga o‘rta hisobda har kuni 85 nafar bemor qabul qilinib, kuniga  ularning o‘rtacha 63 nafari sog‘aymoqda", deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda shifoxonaga murojaat qilayotganlarni turli yosh toifasidagi insonlar tashkil etmoqda. Qolaversa, muassasaning jonlantirish bo‘limida muolaja olayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar orasida bolalar, yoshlar va katta yoshdagi insonlar ham bor. Ularning ko‘pchiligi koronavirusga qarshi emlanmagan.

"Shu kungacha shifoxonada davolangan bemorlar orasida vaksina olgan 531 nafar bemorning 509 nafarida (96 foiz) kasallik yengil va o‘rta og‘ir darajada kechgan. Qolgan 22 nafarida kasallik nisbatan og‘ir o‘tgan. Bunga esa ularning aksariyati katta yoshli ekani, shu bilan birga, yurak yetishmovchiligi, gipertoniya, qandli diabet kabi yondosh kasalliklari borligi sababdir", deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimova.

Qayd etilishicha, emlangandan so‘ng shakllangan immunitet kasallikni o‘tkazgandan keyingi himoyadan yaxshiroq. Sababi emlashda neytrallovchi antitanachalarning miqdori kasallik o‘tkazgandan keyin shakllanadigan antitanachalar miqdoridan ancha yuqori bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing