Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari qidiruvga berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.U. qidiruvga berilgani xaqida xabarlar tarkaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov izoh berdi.

Qayd etilishicha, haqiqatan ham Zangiota tuman hokimiyati mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jinoyat ishi doirasida Zangiota tumani hokimining o‘rinbosariga Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan ayblov e’lon qilinib, sirtdan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda qidiruv e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun,  J.U. lavozimidan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

758

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing