Zangiota koloniyasidan 21 ayol ozodlikka chiqarildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan ayollar koloniyasidan bir guruh mahkumalar ozodlikka chiqarildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tumani sudi raisi O‘ktam Holiqov raisligida bo‘lib o‘tgan sud jarayonida 21-jazoni ijro etish muassasasi rahbariyatining taqdimnomalari ko‘rib chiqildi. Bu haqad IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdimnomada jazoni o‘tash jarayonida belgilangan tartiblarga qat’iy rioya etgan, qilmishidan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh mahkumalarni muddatidan oldinroq ozod etish so‘ralgan.

Yangiyo‘llik mahkuma R.G. 2015 yil mart oyida Jinoyat kodeksining 223-moddasi, ya’ni qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki kirishga oid qoidalarni takroran buzgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Sudda mahkuma o‘ziga tegishli xulosa chiqargani, aybini anglab yetgani, qilgan ishidan qattiq pushaymonligini bildirib, oilasi bag‘riga qaytishga imkon berishni so‘radi.

Sud mahkumaning shaxsiy yig‘ma jildini o‘rganib chiqish jarayonida uning jazoning yarmini o‘tab bo‘lgani, tarbiyaviy ishlarda faol ishtirok etib, topshirilgan ishlarni vijdonan bajargani, muhimi, qilmishidan to‘g‘ri xulosa chiqargani, uni jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalash mumkinligi haqidagi fikrlar inobatga olindi.

Mahkumaning o‘talmagan qariyb 1 yil 11 oy jazo muddati shartliga almashtirilib, u muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi.

Sudda ishlari ko‘rib chiqilgan boshqa mahkumalar haqida ham shu kabi fikrlarni bildirish mumkin. Faqat aytib o‘tish kerakki, ular shunchaki ozod etilmadi, balki ularning kelgusida hayotda to‘g‘ri yo‘lga tushib olishi, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishi uchun tegishli xizmatlar, mahalliy davlat hokimiyati idoralariga mas’uliyat ham yuklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zangiota koloniyasi

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar