Zaxira mahsulotlar uchun ajratilgan milliardlarni talon-toroj qilgan MCHJ mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag‘ining 2,5 mlrd so‘mini talon-toroj qilgan MCHJ mansabdorlarining kirdikorlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.” MCHJ mansabdor shaxslari bank ajratgan kredit hisobiga xarid qilingan 1 000 tonna kartoshka va 380 tonna piyoz mahsulotlarini sotuvidan tushgan mablag‘ni kredit qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltirmasdan jami 2,5 mlrd so‘mni o‘zlarining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani aniqlandi. 

Ular ushbu mahsulotlarni go‘yoki yaroqsiz holga kelib qolganligini vaj qilib, qishloq xo‘jaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing