Zaxarova Rossiya qanday sharoitda AQSH taklifini qabul qilishini aytdi

Olam

image

Rossiya va Amerika fuqarolarini o‘zaro almashish bo‘yicha muzokaralarda aniq natijaga hali erishilmadi, buning uchun har ikki tomon manfaatlarini hisobga olish kerak. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning bayonotida aytiladi.

“Ikki davlat hududidagi hibsxonalardagi Rossiya va Amerika fuqarolarini o‘zaro almashish masalasi bir paytlar ikki davlat Prezidentlari tomonidan muhokama qilingan.

Ular tegishli vakolatli tuzilmalarga muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Ular hozirda o‘tkazilmoqda. Vakolatli idoralar tomonidan olib borilmoqda. Aniq natijaga hali erishilgani yo‘q. Shu bilan birga, biz muzokaralar jarayonida har ikki tomonning manfaatlari hisobga olinishi kerakligidan kelib chiqamiz”, deydi TIV rasmiysi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Moskvaga Amerikada sudlangan qurol sotuvchisi Viktor Butni Rossiyada josuslikda ayblangan amerikalik Pol Uilan va Ximkida giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanayotgan basketbolchi Brittni Grayner bilan almashishni taklif qilgandi.

2012 yilda AQSH sudi Viktor Butni AQSH manfaatlariga tahdid solishi mumkin bo‘lgan kolumbiyalik jangarilarga qurol sotishga uringanlikda ayblab, 25 yil qamoq jazosiga hukm qilgan edi. But barcha ayblovlarni rad etgan va xalqaro havo tashish sohasida mutlaqo qonuniy biznes bilan shug‘ullanganini da’vo qilgan.

Yekaterinburgning UGMK klubida o‘ynayotgan Greyner ishi hozir Ximki sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. U Rossiyaga yetib kelganida yukidan “gashish” yog‘i topilgani uchun qo‘lga olingan. Sudda u AQSHda ta’tilda bo‘lganida shifokorning retsepti bo‘yicha tibbiy marixuana olganini va shoshib yig‘ayotganda uni tasodifan bagajiga solib qo‘yganini aytgan.

Sobiq dengiz piyodasi Pol Uilan 2020 yil iyun oyida Moskva shahar sudi tomonidan josuslikda ayblanib 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U o‘z aybiga iqror bo‘lmagan va qo‘lga olingan flesh-diskda uning Rossiya bo‘ylab avvalgi sayohatlari tasvirlari bo‘lishi kerakligini aytgan. Hozir u qamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing