“Zagranpasport”ni endi DXMlarda ham olish mumkin
Jamiyat
−
05 yanvar 2022
78942022 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali ham amalga oshiriladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, xorijga chiqish uchun biometrik pasport ("Zagranpasport") berish uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (270 ming so‘m)ni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, ushbu to‘lov miqdori avval BHMning 1,2 baravariga teng edi.
Xabarga ko‘ra, ayni vaqtda barcha DXMlarda ham bunday imkoniyat yo‘q. Faqat quyidagi ro‘yxatda keltirilgan davlat xizmatlari markazlaridan xorijga chiqish uchun mo‘ljallangan biometrik pasport olish mumkin:
• Toshkent shahridagi Mirobod, Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Shayxontohur, Yangihayot, Chilonzor tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida, 6 yanvardan esa, Yakkasaroy, Yunusobod, Sergeli, Mirzo Ulug‘bek tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida;
• Samarqand viloyatida Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazida;
• Andijon viloyatida esa Andijon shahar Davlat xizmatlari markazida;
• Farg‘ona viloyatida Farg‘ona shahar Davlat xizmatlari markazida;
• Xorazm viloyatida Urganch shahar Davlat xizmatlari markazida;
• Jizzax viloyatida Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazida;
• Qashqadaryo viloyatida Qarshi shahar va Shahrisabz shahar Davlat xizmatlari markazlarida;
• Surxondaryo viloyatida Termiz shahar va Denov tumani Davlat xizmatlari markazlarida;
• Buxoro viloyatida Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazida;
• Sirdaryo viloyatida Guliston shahar Davlat xizmatlari markazida;
• Toshkent viloyatida Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazida;
• Navoiy viloyatida Navoiy shahar Davlat xizmatlari markazida xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati joriy etilgan.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2022 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha DXMlarda bo‘lishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi