“Smurfchalar”ning muallifi vafot etdi

Olam

−

image

"Pinki va Breyn", "Qora plashch" hamda "Smurfchalar" animatsion filmlarining ssenariy mualliflaridan biri, Gordon Brassak 69 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi uning o‘g‘li Jeyms Brassak Instagram`dagi sahifasida.

"Mening otam odamlarni kuldirishni yaxshi ko‘rar edi va u endi o‘zi yozgan va yaratgan ko‘plab multfilmlarda yashaydi. Otamdan  juda minnatdorman. Agar siz multfilmlarni yoqtirsangiz, "Pinki va Breyn" yoki “Yaramas animashki” seriyalaridan birini tomosha qiling va uning sharafiga kuling. Bilaman, u bunga rozi bo‘ladi", deyiladi xabarda.
Gordon Brassak uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Los-Anjelesda vafot etdi. 
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar