“Yuventus” Ronalduga o‘rinbosar topdi

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Antoni Marsyal Tumanli Albiondan Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Sababi, “Manchester Yunayted” hujumchisiga Turinning “Yuventus” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Calcio Mercato” nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “keksa sinora” o‘tgan yozda MYUga o‘tgan Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar sifatida, “Fiorentina”ning serbiyalik futbolchisi Dushan Vlaxovichni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Agar, ushbu kelishuv amalga oshmasa, zaxira varianti sifatida “qizil iblislar” hujumchisi Antonini sotib oladi.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Angliya chempionatining joriy mavsumida 25 yoshli fransuz futbolchisi beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan.

Marsyalning mankunianliklar bilan tuzilgan shartnomasi 2024 yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt Antonining narxini 35 million yevroga baholanmoqda.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing