“Yuventus” MYU yarim himoyachisiga shartnoma taklif qildi

Sport

image

"Yuventus" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olishga tayyor. Bu haqda Italiya nashrlari xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, "Yuventus" allaqachon fransiyalik futbolchiga mehnat shartnomasini taklif qilgan. "Byankonerilar" Pogbaga har mavsum uchun 10 million yevro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Pogbaning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi. Tomonlar hozircha hamkorlikni uzaytirish borasida kelisha olmagan.

Joriy mavsumda 28 yoshli yarim himoyachisi "Manchester Yunayted" bilan APLning 14 ta o‘yinida maydonga tushib, 8 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali Polni 55 million yevroga baholamoqda.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing