“Yuventus” Moyze Kenni Mauro Ikardiga alishishi mumkinmi?

Sport

image

Milanning “Inter”  jamoasi “Yuventus”ning italiyalik yosh hujumchisi Moyze Kenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda. 19 yoshli forvardning turinliklar bilan shartnomasi kelasi yil tugaydi. Ayni paytda, “Yuventus” vakillari Ronaldoga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgan futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash ishlarini boshlab yuborishgan. 

Jamoalar futbolchilarni ayirboshlashi mumkin.  Moyze Ken “Inter”ga,  milanliklar bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgan Mauro Ikardi esa “Yuve” safiga o‘tishi mumkin. 

Moyze Ken Italiya chempionati doirasida hozirgacha raqiblari darvozasiga 6 marotaba to‘p kiritgan. Biroq uning endigina 19 yoshga kirganlinini hisobga olsak, kelgusida Ronaldoga o‘rinbosar bo‘lsa ajab emas. 

 “Inter”ning argentinalik hujumchisi esa ushbu mavsum raqib darvozabonlarini 10 marotaba ranjitgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

3

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing