“Yuventus” “Liverpul” hujumchisini xarid qilmoqchi

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” klubi 2023 yilning iyunida erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan “Liverpul” hujumchisi Roberto Firminoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “Tuttojuve” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Italiya klubi 30 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 23 million yevro taklif qilgan. Biroq mersisaydliklar Firminoni sotish zarurligiga shubha qilishmoqda. Shu bois “Yuventus” yaqin kunlarda transfer pulini oshirishi mumkin.

Qayd etish joizki, “qizillar” yozgi transfer oynasida “Benfika” hujumchisi Darvin Nunes bilan shartnoma imzoladi. Albatta, Klopp 80 million yevroga xarid qilgan futbolchisini zaxirada ushlashi ehtimoldan yiroq. Qolaversa, Firmino asosiy tarkib uchun kurashda Diogu Jotaga ham imkoniyatni boy berayotgan edi. Shu sababli Roberto “Liverpul”ni tark etishga qarshi bo‘lmasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Roberto Firmino Angliya Premer ligasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik futbolchini 32 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing