“Yuventus” klubi prezidentsiz qoldi
Sport
−
29 noyabr 2022
3028Kecha, 28 noyabr kuni Turinning “Yuventus” klubi prezidenti Andrea Anelli va vitse-prezident Pavel Nedved iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar berdi.
Anelli “Yuventus” prezidenti lavozimida 2010 yildan beri ishlab kelayotgandi. Nedved 2015 yil klub vitse-prezidenti etib tayinlangan edi.
Direktorlar kengashi tez orada klubning yangi rahbarlari nomini ma’lum qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Italiya chempionatining joriy mavsumida “Yuventus” 15 turda 31 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi