“Juventus”ga Pogbani ortga qaytarish qimmat tushadi
Sport
−
11 iyun 2022
2942Fransiyalik futbolchi Pol Pogba bilan shartnoma imzolash "Juventus"ga 80 million yevroga tushishi mumkin. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, PSG va "Real Madrid" kabi grand klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Manchester United"ning sobiq futbolchisi "keksa sinora" bilan 4 yillik shartnoma imzolashi mumkin.
Qayd etish joizki, "Juventus"da 29 yoshli yarim himoyachining maoshi yiliga 7,5-8 million yevroni tashkil qiladi. Bonuslarni qo‘shganda uning yillik daromadi taxminan 10 million yevrogacha yetishi mumkin.
80 million yevroning ichiga Polning agentlariga to‘lanadigan pullar ham kiradi. Shuningdek turli xildagi bonuslar va soliq yuki ham "Juventus"ning gardaniga ilinishi nazarda tutilgan. Gapning indallosini aytadigan bo‘lsak, erkin agent Pogba bilan bitim imzolash kutilganidek suvtekin bo‘lmaydi.
Ta’kidlash kerak-ki, Pol "Manchester United"ni erkin agent sifatida tark etgan. Shu tufayli "qizil iblislar"ga Pogbaning ketishi bir tiyin ham olib kelmaydi. Faqatgina uning maoshiga ketadigan pullar tejaladi, xolos. "United" Pogbani 2016 yili aynan "zebralar"dan 95 millon yevro evaziga xarid qilgan edi. Shuning uchun, 29 yoshli iqtidor egasi kelajakda "qizil iblislar"ning eng katta moliyaviy xatosi sifatida eslansa, ajabmas.
Ma’lumot uchun, Pogba "United"dagi 7 yillik faoliyatida 154 uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol kiritgan va 2018 yili Yevropa ligasida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
LiveBarchasi