“Juventus” Dibalaga “Chelsi”dan o‘rinbosar olmoqchi

Sport

image

"Yuventus"ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala mavsum yakunlangach, jamoadan ketadi. “Zebralar” rahbariyati Dibala o‘rniga "Chelsi" hujumchisi Kristian Pulishichni transfer qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Tuttosport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Amerikalik futbolchi “Chelsi” safida muntazam asosiy tarkibda maydonga tushmayapti. Albatta, bu holat Pulishichni xursand qilmaydi. Qolaversa, “aristokratlar” ushbu mavsumda bir qator muammolarga duch kelmoqda. Shu sabab Kristian jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.

Qayd etilishicha, “Yuventus” jamoaga taklif qilmoqchi bo‘lgan futbolchilar orasida “Sassuolo” hujumchisi Jakomo Raspadori ham bor. Biroq baribir Kristian Pulishich “Yuve” rahbariyatining asosiy maqsadi bo‘lib qoladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Pulishich “Chelsi” safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali amerikalik iqtidor egasini 45 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing