“Yuventus” De Ligt bilan shartnomasini uzaytirdi

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” klubi niderlandiyalik himoyachisi Matteys de Ligt bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda “Sky Sport Italia” xabar berdi. 

Tomonlar 2026 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, gollandiyalik futbolchi 2019 yilda “Ayaks”dan 85,5 million yevro evaziga “Yuventus” safiga o‘tgandi. Futbolchi turinliklar safida barcha musobaqalarda 116 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta golga mualliflik qilgan.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing