“Yuventus” A Seriyaning eng yaxshi himoyachisini sotib yubordi

Sport

image

Bergamoning “Atalanta” klubi transfer huquqi “Yuventus”ga tegishli bo‘lgan Kristian Romeroni rasman sotib oldi. 2 yil oldin Romero ijara asosida “Atalanta”ga ko‘chib o‘tgan edi, shu vaqt oralig‘idagi ishonchli o‘yinlari sabab klub rahbariyati uni rasman sotib olishga qaror qildi.

Romero poyoniga yetgan mavsumda A Seriyaning jami 31 ta bahsida maydonga tushib, ikki gol hamda uchta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Yil yakunlariga ko‘ra, u A Seriyaning mavsumdagi eng yaxshi himoyachisi deb topildi. Argentinalik futbolchining transferidan turinliklar 16 million yevro ishlab oldi, agar natijalar qoniqarli bo‘lsa, qo‘shimcha ikki million bonus ham qo‘shilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Atalanta” bu mavsumni A Seriya turnirini uchinchi o‘rinda yakunladi va ular keyingi mavsumda YeCHLda ishtirok etadi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing