“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu beshta tibbiy moslama sotib oldi

Sport

image

Turinning “Yuventus” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Madeyra (Portugaliya muxtor hududi) sog‘liqni saqlash va fuqaro mudofaasi idorasiga beshta mexanik shamollatish moslamalarini sovg‘a qildi. Bu haqda mintaqa sog‘liqni saqlash va fuqaro mudofaasi kotibi Pedro Ramos ma’lum qildi.

Shuningdek, Pedro Ramos Krishtianu Ronaldu va sog‘liqni saqlash idoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatilganligini, tomonlar aloqada ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Portugaliyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 4268 nafarni tashkil etsa, 76 kishi virusdan vafot yetdi. Xabaringiz bor, "Yuventus" klubining uch nafar futbolchisida koronavirus pandemiyasi aniqlanganidan so‘ng Krishtianu Ronaldu Portugaliyaga oilasi bilan ko‘chib borgan va ayni damda karantinda saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 590 506 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 26 952 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 132 471 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing