Yuriy Pshenichnikov vafot etdi

Sport

image

Toshkentning “Paxtakor” klubi sobiq darvozaboni Yuriy Pavlovich Pshenichnikov 79 yoshida vafot etdi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.

Yuriy Pshenichnikov 1960-67 va 1972 yillarda chempionat bahslarida “Paxtakor” safida 203 uchrashuvda maydonga tushgan. Jami 250ga yaqin bellashuvlarda “Paxtakor” sha’nini himoya qilgan.

“Klubimiz va o‘zbek futboli tarixida eng yaxshi posbonlardan biri sifatida o‘z nomini yozdirib qo‘ydi. Murabbiylik faoliyatida esa ko‘plab klublarda ishlab, shogirdlar tarbiyaladi.

“Paxtakor” futbol klubi Yuriy Pshenichnikovning oila a’zolari, yaqinlari va do‘stlariga o‘z hamdardligini bildiradi. Uning ismi klubimiz tarixidan o‘chmas nom olgan va doimo yodimizda bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Pshenichnikov Moskvaning SSKA klubi bilan SSSR chempioni (1970), “Paxtakor” bilan SSSR birinchi ligasi (1972) g‘olibligini qo‘lga kiritgan. 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuriy Pshenichnikov

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar