Yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanish huquqida yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlandi
Biznes
−
07 iyul 2022
18906Davlat aktivlarini boshqarish agentligi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni boshlanganligini e’lon qiladi.
Ushbu jarayon, Davaktiv agentligining "Yerxususiylashtirish" avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi yer uchastkasi joylashgan tegishli hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi.
Davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi agar yuridik shaxs bo‘lsa, tegishli boshqaruv organining yer uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorning nusxasini arizaga ilova qilishi lozim.
Instagram'da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi