Yuridik universitet yiliga qancha pul topadi?

Jamiyat

image

Mamlakatda jamoatchilik oliy ta’lim muassasalari o‘zining moliyaviy holati haqidagi ma’lumotlarni ochiq yuritishi kerakligini aytib kelmoqda. Shunday vaziyatda Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbekistonda ilk bor o‘zining yillik moliyaviy ahvolini e’lon qilgan ta’lim dargohi bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-2020 o‘quv yilida universitet daromadlari jami 79 mln 323,7 ming so‘mni tashkil qilgan. Universitetning yillik xarjatlari esa 72 mln 502,2 ming so‘mni, sof foyda 6 mln 821,5 ming so‘mni tashkil etgan. Universitet daromadlarining asosiy qismi o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan bo‘lib 67 mln 729,2 ming so‘mni yoki jami daromadlarning 85,4 foizini tashkil qildi. Shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt shaklidan 36 mln 608,6 ming so‘m kelib tushgan.

Eng katta xarajatlar ish haqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar va nafaqalar hamda ish haqidan ajratma (yagona ijtimoiy to‘lov)ga jami 42 086,1 mln so‘m sarflangan bo‘lib, umumiy xarajatning 58,0 foizini tashkil etdi. Qayd etilishicha, hisobot davrida xodimlarning o‘rtacha bir oylik ish haqi miqdori 6 mln 333,0 ming so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, talabalar uchun stipendiya to‘lovlariga 10 mln 816,5 ming so‘m yoki umumiy xarajatning 14,9 foizi, kommunal xarajatlar hamda saqlab turish va joriy ta’mirlash uchun ishlatilgan.

Shuningdek ijara uchun 3 mln 569,9 ming. so‘m yoki umumiy xarajatning 4,9 foizi,  tovar va xizmatlar hamda asosiy vositalarga hisoblangan eskirishlarga 6 mln 375,7 ming so‘m yoki umumiy xarajatning 8,9 foizi, xizmat safarlari uchun 7 mln 14,2 ming so‘m yoki umumiy xarajatning 1,0 foizi va boshqa xarajatlarga 8 mln 939,8 ming so‘m yoki umumiy xarajatning 12,3 foizi sarflandi.

Ma’lumot uchun, universitet o‘zini-o‘zi moliyalshtirishga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari ro‘yhatiga kiritilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing