Yuridik universitetga kirish imtihoni fanlari o‘zgaradi

Jamiyat

image

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda test sinovlarining 2-bloki, ya’ni “yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlardan test topshiriladi. Ushbu taklif universitet Kengashida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Qayd etilishicha, mazkur taklifning joriy etilishi bir qator ijobiy natijalarga xizmat qiladi, xususan:

● maktab yoshidanoq bolalarni huquqiy fanlarni chuqur o‘zlashtirishga, Konstitutsiya va qonunlarni puxta o‘rganishga;
● maktablarda sifatli, xalqaro standartlarga mos yuridik darsliklarning yaratilishiga;
● huquqshunoslik fanlaridan ta’lim beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar oshishi natijasida ularning malakasini doimiy oshirib borishi uchun mustahkam zamin yaratiladi;
● TDYUUga dastlabki huquqiy bilimlarga ega yosh avlod vakillari kirib kelishiga erishiladi.

Ma’lumot urnida, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari o‘qitib kelinmoqda. Test savollari ushbu darsliklar asosida tuziladi.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda abituriyentlar 2 ta bo‘limdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshirgan. Bular:

•  1-bo‘limda barcha yo‘nalishlar uchun majburiy 3 ta fan – Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), Matematika va O‘zbekiston tarixi;

•  2-bo‘limda “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta fan – Tarix va Chet tili fanlari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

6375

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing