Diqqat! Yuridik universitetga imtihonsiz kirish imkoni paydo bo‘ldi

Biznes

image

2014 yilda AQSHda suratga olingan “Sudya” (“Judge”) nomli yuridik drama katta ekranlarga chiqqach, kinotanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilinmagandi. Sababi, mazkur film hayotiy voqeliklarga asoslangan bo‘lib, unda sudya va advokatlar hayoti aniq tarzda yoritilgan. Kasbiy faoliyat bilan bog‘liq qiyin vaziyatlarda huquqshunos o‘zini qanday tutish kerakligi hamda ishdagi professionallik aniq ochib berilgan mazkur film qahramoni Xenk Palmerga bugun ham havas ko‘zi bilan qaraydiganlar talaygina. 

Balki siz ham ana shunday professional huquqshunos yoki advokat bo‘lmoqchidirsiz?! O‘zbekistondagi yuridik universitetiga kirish ballari qo‘rqityaptimi? Xavotirga aslo hojat yo‘q. Endi sizda INSIDE-A agentligi ko‘magi bilan Ukrainadagi nufuzli Yaroslav Mudriy nomidagi Milliy yuridik universiteti talabasi bo‘lish imkoni mavjud. Eng quvonarlisi esa talabgarlor HECH QANDAY IMTIHONLARSIZ qabul qilinadi!

O‘zbekistonda eng talabgir sohalardan biri bu aynan huquqshunoslikdir. Buni Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotganidan ham bilish qiyin emas. Talabgorlar sonining oshishi esa o‘z navbatida kirish ballarining ham o‘sishiga olib keladi. INSIDE-A agentligi tomonidan har yilgi kirish ballarini kuzatib, bu sohaga hujjat topshirishga cho‘chib turgan abituriyentlar yoki testdan o‘ta olmaganlar uchun bir qancha xushxabarlar bor!

  • Yaroslav Mudriy nomidagi Milliy yuridik universiteti talabasi bo‘lish uchun imtihon topshirishning hojati yo‘q.
  • O‘qish uchun Ukrainaga borgach, agentlik yotoqxona bilan ta’minlanishingizni kafolatlaydi.
  • Ota-onangizda esa o‘qishingiz va baholaringiz bilan bog‘liq hech qanday xavotir bo‘lmaydi. Agentlik ularni sizning davomatingiz va baholaringiz bilan onlayn tarzda xabardor qilib boradi.

INSIDE-A agentligi tomonidan tavsiya etilayotgan Yaroslav Mudriy nomidagi Milliy yuridik universiteti o‘zini o‘zi boshqaradi, ya’ni avtonomdir. Mazkur universitet IV darajadagi akkreditatsiyaga ham ega. 

Bugun dunyoda nufuzli universitetlar qatori, kechagina tashkil etilgan, diplomi u qadar katta ahamiyatga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalari talaygina. Ammo Yaroslav Mudriy nomidagi Milliy yuridik universitetini bunday OTMlar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi. 2 asrdan ko‘proq tarixga ega universitet 1804 yilning 17 noyabrida Rossiya imperatori Aleksandr I farmoni bilan tashkil etilgan. Yillar davomida universitet fakultetlari yanada boyib bordi. Aynan yuridik fakulteti ham keyinchalik shakllangan. Ukraina Prezidentining 2001 yil 21 iyundagi farmoni bilan Yaroslav Mudriy nomidagi Milliy yuridik universitetiga qator qo‘shimcha huquqlar ham berilgan.

2007 yilda mazkur universitet “TOP-200 Ukraina” reytingida beshinchi, yuridik universitetlar ichida esa birinchi o‘rinni egallagan. “Korrespondent” jurnali tomonidan tuzilgan reytingda Yaroslav Mudriy nomidagi Milliy yuridik universitetining mashhurligi va bitiruvchilarning kasbiy faoliyatga bo‘lgan talabi hisobga olinib, “Eng yaxshi yuridik oliy o‘quv yurti”, deb tan olingan. Bugungi kunda ushbu universitetda turli davlatlarda kelgan 22 mingga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

 

Universitet va O‘zbekistonni nima bog‘laydi? 

2018 yildan boshlab 2-bosqich talabalariga O‘zbekiston qonunlari bo‘yicha alohida fan ham o‘qitilmoqda. Sizda ham Ukrainada tahsil olayotgan bo‘lajak advokat va yuristlar qatorida bo‘lish imkoni bor va buni aslo qo‘ldan chiqarmang.

Ukrainada doimiy o‘qish uchun imkoni yo‘qlar uchun esa sirtqi bo‘lim ham mavjud. Bundan tashqari, birinchi kursni tamomlaganingizdan keyin o‘qishingizni O‘zbekistonga ko‘chirishingiz ham mumkin. 2017 yildan buyon 124 nafar o‘zbekistonlik talaba o‘z o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga osongina ko‘chirgan. 

Sizda ham Ukrainaning nufuzli Yaroslav Mudriy nomidagi Milliy yuridik universiteti talabasiga aylanish, xalqaro diplomni qo‘lga kiritish istagi paydo bo‘ldimi? U holda hoziroq INSIDE-A agentligiga murojaat qiling va HECH QANDAY IMTIHONLARSIZ talaba bo‘ling!

Diplomning O‘zbekistonda tan olinishi bilan ham hech qanday muammo bo‘lmasligi esa INSIDE-A agentligi tomonidan kafolatlanadi.

Shoshiling! Vaqt oz qoldi!

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Jangoh ko‘chasi, 2AB/238-uy.

Mo‘ljal: G‘afur G‘ulom metro bekati.

Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4423010, +99897 4333010, +99897 422 3010

Telegram    Telegram bot    Facebook    Instagram    Sayt

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

385

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing